AsosiySUG'DIYONA

​QAYSI OYDA TUG`ILGANSIZ? AYoLLAR UChUN MAXSUS

'​QAYSI OYDA TUG`ILGANSIZ? AYoLLAR UChUN MAXSUS'ning rasmi


Yanvar

Kirishimliligingiz sabab atrofdagilar bilan tez til topishasiz. Sizni sevganlarni chin dildan qadrlaysiz. Ichki dunyongiz go`zalligi tashqi qiyofangizda namoyon bo`ladi. Orzularingizning cheki yo`q. Ular ushalishiga ishonib yashaysiz. Kamchiligingiz, doim diqqat-markazda bo`lishni istaysiz, agar biror davrada e`tibordan chetroqda qolsangiz, arazlab, to`ningizni teskari kiyib olmang.

Fevral

Aqlli va dunyoqarashi keng insonsiz. Ich-ichingidan romantikaga oshufta bo`lsangiz-da, hayotga real qaraysiz. Birovning qo`liga qarab o`tirishga tobingiz yo`q. Barcha ishlarni bir o`zingiz bajarishni yoqtirasiz. Jahlingiz tez chiqsa-da, buni yashira olshingiz tahsinga sazovar.

Mart

Istarasi issiq, sirli, yoqimtoy, qo`li va ko`ngli ochiq ayolsiz. Ko`p gapirishni yoqtirasiz. Tez jahlingiz chiqadi. Tanbeh berishga ustasiz. Maqtov eshitish esa jonu dilingiz. So`nggi urfdgi kiyimlarni kiyishingiz, doim o`zingizga e`tiborli bo`lishingiz shart. Atrofdagilarga ham shunday munosabatda bo`ling.

Aprel

hazilkash, quvnoq, o`jar, sergap va hotamtoysiz! Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo`lasiz. Shuning uchun ishdayam oshig`ingiz olchi. Yangiliklardan doim boxabarsiz. Sport bilan shug`ullanish, musiqa tinglash, dam olish va sayyohatga chiqish jonu dilingiz.

May

Ushbu oyda tug`ilgan xonimlar qaror qabul qilishga usta bo`lishadi. Murosai madoraning ustasi farangi ekanliklari bois ulardan yaxshi rahbar chiqadi. Qo`rqmasdan maqsadlari sari intiladi. hamisha kulib turgani uchun xafa qilishga botina olmaysiz. Shu sabab do`stlari ko`p. his-hayajonga beriluvchan, dilidagi tilida. Salbiy tomoni, juda e`tibortalabdirlar.

Iyun

Yozning ilk oyida tug`ilgan ayollar «ichimdagi top» deydiganlardan. Xotirajam, dunyoni suv bossa, to`pig`iga chiqmaydi. G`ururi baland. Bitta insonni sevadilar va ular uchun sadoqat muhim. Rashk olovini bir yoqsalar o`chirolmay, olam ovora. Do`stlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Rahbarlik qobiliyati kuchli.

Iyul

Betakror va ko`ngli toza ayolsiz!Yangi do`stlar bilan tanishishni xush ko`rasiz. Istagingiz, zavqu shavqqa to`la hayot kechirish. Shu sabab muammolarga duch kelganda o`ziningizni yo`qotib qo`yasiz. Biroz vazminroq bo`ling, hayotga jiddiy qarang.

Avgust

Ko`nglingiz bo`sh. Ammo hamma narsa nazoratingizda bo`lishini xohlaysiz. O`zingizga ishonchingiz baland. Suvni ko`rmaguncha etikni echmaydiganlar toifasiga kirasiz. Tasavvur olamingiz boy. Qiziquvchansiz. Kuchliligingiz va irodangiz o`rnak bo`lishga arzigulik.

Sentyabr

Jasoratli ayol. Do`stlaringiz davrasida bo`lish yoqadi sizga. E`tibortalabsiz-u, ammo odamlarning diqqatini o`zingizga tortishni bilmaysiz. Soxtalikni xushlamaydigan, samimiysiz. hayotda biroz faolroq bo`lsangiz, ko`p narsaga erishasiz.

Oktyabr

Xotirangizga gap yo`q. Voqea-hodisilarga juda e`tiborlisiz. O`zingiz istagan narsalarga erishish uchun chin dildan harakat qilasiz. Olma pishib, og`zingizga tushishini kutmaysiz. hazilga ustasiz. Doim kulib yurasiz.

Noyabr

Qaysar, ba`zi paytlarda qahri qattiq bu xonimlarning irodasi kuchli. Ularni yupatish oson. hamma joyda tartibni va mas`uliyatni talab qilishadi. Adabiy asarlar o`qishni va san`atni yaxshi ko`radi. Sayohat qilish donu dili. Kechirish va unutishni o`rganishsa, yashashlari oson bo`lardi.

Dekabr

Chiroyli, ta`sirchan va faolsiz! Yaqinlaringizdan yordamingizni ayamaysiz. So`z bilan hamma narsani tushuntirib bera olasiz-u, ammo atrofdagilarni tinglashni bilmaysiz. Doim shoshib yurasiz. Sabrliroq bo`ling, shunda muammolar girdobida qolib ketmaysiz.

    Boshqa yangiliklar