AsosiySUG'DIYONA

​YuZDAGI AJINLAR NIMALARNI SO`ZLAYDI?

'​YuZDAGI AJINLAR NIMALARNI SO`ZLAYDI?'ning rasmi


Garchi yoshga doir o`zgarishlarni to`xtata olmasak-da, muammoni chuqurlashtirmaslikning imkoni bor. Ajinlar yuzning qaysi qismida joylashganiga qarab, tahminiy xastaliklarni birgalikda aniqlaymiz.

PEShONA :

  • Agar peshonaning yuqori qismi bo`ylab uzun, ingichka ajinlar tarqalgan bo`lsa, hoynaxoy sizni bosh og`rig`i bezovta qiladi.
  • Peshonadagi ajinlarning chuqur joylashganligi buyrak faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Ehtimol, sizda buyrak shamollashi, tuz yoki qum yig`ilishi kabi muammolar bor.
  • Ikkita qosh o`rtasidagi yirik ajinlar gaymorit asoratini bildiradi. Agar gaymorit bilan og`rigan bo`lsangiz, og`riq xurujlarida peshonangizni qattiq tirishtirgansiz. Bu esa ikkita qosh o`rtasidagi teriga zo`riqish bergan.
  • Yuqori lab va burun o`rtasida paydo bo`lgan mayda ajinlar, oshqozon, ichaklar faoliyatidagi buzilishlar hamda gormonal o`zgarishlardan darak beradi.
  • Burun va yuqori lab o`rtasidagi yirik ajinlar yurak faoliyatidagi bezovtaliklarga ishora qiladi. O`ylab ko`ring, tez toliqish, zinadan yuqoriga ko`tarilganda hansirash kabilar kuzatilmayaptimi?
  • Daxan soxasida tarqalgan uzuq-yuluq ajinlar jigar bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
  • Odatda, ushbu yuz sohasida ajinlar nisbatan kam bo`ladi. Ammo buning aksi bo`lsa, oshqozon osti bezi bilan bog`liq o`zgarishlarga taxmin qilinadi.
  • Ko`zning tashqi burchagidan chakkaga qarab tarqalgan mayda ajinlar o`t qopi, hazm faoliyati va oshqozon bilan bog`liq holatlarga e`tibor berishga chorlaydi.
  • Ko`z qopchasi bo`ylab yozilgan ajinlar esa uyqusizlik yohud ayrim vitaminlarning etishmovchiligidan dalolat berad.;
  • Ertalablari ko`z qovoqlarining shishib, yuzasida bilinar-bilinmas mayda ajinlarning paydo bo`lishi buyrak faoliyatidagi o`zgarishlarga taxmin qilinadi.

OG`IZ ATROFI:

YoNOQLAR:

KO`ZLAR:

Yoshingiz 30 dan oshgan bo`lsa, har hafta mayda ajinlarni teri yuzasi bo`ylab tarqatuvchi kosmetik muolajalarni bajarib turing. Uy sharoitida yuzni shapatilash, moychechak damlamasida kompress qilish va terini oziqlantirish kabi usullarni bajarish mumkin.

Agar ajinlar ichki xastaliklar belgisi bo`lsa, kasallikni aniqlab, davolanmaguningizcha tashqi ko`rinishingizni parvarishlashingiz befoyda.

    Boshqa yangiliklar