AsosiySUG'DIYONA

​5 HIL BLINChIK NAChINKASI

'​5 HIL BLINChIK NAChINKASI'ning rasmi


Qo`ziqorinli

300 gr shampinon qo`ziqorinini qaynatib, bitta to`g`ralgan piyoz bilan o`simlik yog`ida qovuring. Ezg`ilangan ikkita sarimsoq piyoz, 2 osh qoshiq smetana va 50 gr. qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq bilan aralashtirib, tuz namagini sozlab oling. Nachinkani tayyor blinchiliklar ichiga solib, o`rab chiqing. Dasturhonga tortishda yuzasiga smetana bilan bezashingiz mumkin.

Baliqdan

To`rtburchak shakda to`g`ralgan 150 gr.baliq filesi hamda 2 dona qaynatilgan tuxumni, 50 gr.mayonez, bir bog` shivit hamda maydalab kesilgan 2 ta tuzlangan bodring bilan aralashtiring. Tabga ko`ra, murch qo`shing. So`ng blinchikni o`rashda foydalanishingiz mumkin

Guruchli

50 gr qirg`ichdan chiqarilgan pishloqqa 2 dona qaynatilgan tuxumni to`rtburchak shaklda to`g`rab soling. Masalliqqa 100 gr.qaynatilgan guruch, mayda to`g`ralgan yarim bog` kashnich va shivit, 2 osh qoshiq smetana, tuz va murchni aralashtiring. Nachinka tayyor bo`lgach, blinchiklarni o`rash mumkin. Dasturxonga tortishda pomidor va bodring bilan bezatish mumkin.

Mevalardan

2 ta olma, bittadan banan va apelsinni to`rtburchak shaklda to`g`rang. 2 osh qoshiq qaymoq qo`shing. 1 choy qoshiq asal, pichoq uchida dolchin ziravori hamda ta`bga ko`ra vanilinni solib, aralashtiring. Blinchiklarni nachinka bilan to`ldirib, likopchaga terasiz. Yuzasini qaymoq yoki meva jemi bilan bezatib, dasturxonga tortiq etishingiz mumkin.

Tovuq go`shtili

300 gr.qaynatilgan tovuqni maydalab to`g`rang. Paraklangan bitta piyoz bilan o`simlik yog`ida qizartirib oling. Tuz va murch qo`shib, ta`mini sozlang. So`ng blinchiklarni o`rashda foydalanasiz.

    Boshqa yangiliklar