AsosiySUG'DIYONA

​FOYDALI VA MAZALI KOKTEYLLAR

'​FOYDALI VA MAZALI KOKTEYLLAR'ning rasmi


Qovoqli

Zarur masalliqlar: 300 ml. qaynatilgan sut, 120 gr. qovoq, 100 ml. ko`pirtirilgan qaymoq, 4 choy qoshiq shakar, yarim choy qoshiq vanilin, pichoq uchida dolchin.

Tayyorlanishi: Qaynatilgan qovoqni pyure ko`rinishiga keltiring. Blenderga solib, sut, qaymoq, shakar, vanilin va dolchinni solib, aralashtiing.

Bananli

Zarur masalliqlar: 250 ml. kefir, bitta banan, 2 bo`lak pechene, 1 choy qoshiq asal.

Tayyorlanishi: Barcha maslaliqlarni blenderga solib, aralashtirisangiz, xusht`m kokteyl tayyor bo`ladi.

Shokoladli

Zarur masalliqlar: 200 ml. olma sharbati, 2 dona kivi, bittadan banan va nok,

20 gr. shakar, 10 gr. shokolad.

Tayyorlanishi: Nok, banan va kivilarni po`stidan tozalab, to`g`rang-da, belenderga solib, ezing. So`ngra shakar, olma sharbati qo`shib, aralashtiring. Staknalarga solgach, yuziga shokolad qirindisi sepasiz.

    Boshqa yangiliklar