Yoshingiz ulg`ayib, bolalaringiz bo`yingizga etib qolganda ham ota-onangizni ko`rgani istalgan vaqtda borolmay, eringizdan ruxsat so`rolmay o`tirasizmi? Bu ayol uchun eri tomonidan beriladigan eng yomon taqiq. Ota-onamiz biz uchun g`animatligini tushunishi buncha qiyin ekan-a?!
Yondashuv: har safar ota uydan qaytganingizda eringizdan ota-onangizning ko`ngli to`qligi, biror sabab bo`lib maqtagani haqida yolg`ondan bo`lsa ham ayting. Maqtaladigan jihati bo`lmasa ham sabab topish mumkin. Masalan, «shu yigit bor ekan, guldek farzandlaring bor, deyishdi» kabi. Bundan tashqari, «endi hech qayoqqa ketib qolmayman, onamdan ham gap o`rganib kelmayman, axir o`zim ham qaynona bo`lay deb turibman», deb eringizning ko`nglini xotirjam qilib turing. Agar oilangizda qiz ulg`ayayotgan bo`lsa, o`z hayotingizni uning kelajagiga solishtirib ko`rsating. «Dadasi, qizingiz ham oyda bir marotaba sizni ko`rgani zo`rg`a kelib ketsa, chiday olarmidingiz? O`g`illar kelinniki, qizlar qayoqqa bormasin, o`zimizniki bo`ladi. Ko`z ochib-yumguncha biz ham qariymiz, har tarafga sochilgan bolalarimizni tez-tez ko`rgimiz keladi, qaytar dunyo, deyishadi...» deng.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






