1

TOShKENTDA “SEMENT SANOATI VA BOZORI” XV XALQARO KONFERENSIYaSI BO`LIB O`TMOQDA

Iqtisodiyot 21.11.2017, 17:20
TOShKENTDA “SEMENT SANOATI VA BOZORI” XV XALQARO KONFERENSIYaSI BO`LIB O`TMOQDA

“O`zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va Rossiya Federasiyasining “Biznes Sem” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan forumda O`zbekiston, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Armaniston, Hindiston, Qozog`iston, Ukraina kabi davlatlardan etakchi kompaniya va firmalar vakillari, mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Konferensiyada O`zbekiston sement sanoatining texnologik liniyalarini modernizasiya qilish, yangi sement zavodlari qurishda energiya tejamkor uskunalardan foydalanish, sement tayyorlash jarayonida is gazi ajralib chiqishini kamaytirish mavzularida ma`ruzalar tinglandi. 2018 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan 4 ta sement zavodini barpo etish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma`lumot berildi. Sohaga ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish va qo`shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda dunyoga mashhur “AUMUND”, “GeoCon GmbH”, “Refrotenik Cement GmbH”, “Haver&Boecker”, “Thyssenkrupp Industrial Solutions”, “FLSmidth A/S”, “Fundiciones Del Estanda”, “Dal Teknik Makina” kabi bir qancha yirik kompaniyalarning sement sanoati uskunalari ko`rgazmasi tashkil etildi.

Konferensiya doirasida xorijlik mutaxassislar “O`zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishadi.

Poytaxtimizda ettinchi bor o`tkazilayotgan mazkur konferensiya mamlakatimiz sement sanoatini har tomonlama rivojlantirish, sohaga investisiya jalb etish orqali mavjud ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish, tarmoqni rekonstruksiya va modernizasiya qilishdagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda muhim o`rin tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1