JIZZAXDA 40 MILLIARD SO`MGA TENG YaNGI MEHMONXONA ISh BOShLADI

Iqtisodiyot 21.11.2017, 19:59
JIZZAXDA 40 MILLIARD SO`MGA TENG YaNGI MEHMONXONA ISh BOShLADI

Jizzax shahridagi to`rt yulduzli “GRAND HOTEL UZBEKISTAN” mehmonxonasi mukammal ta`mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, mehnat faxriylari ishtirok etgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan dasturlar rejasi asosida xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.

Butunlay bo`shab qolgan inshootni ta`mirlash, zamonaviy mehmonxona barpo etishda “GRAND TOVER” mas`uliyati cheklangan jamiyati o`z mablag`i va "Asakabank”ning viloyat filialidan olingan 33 milliard so`mlik imtiyozli kreditdan foydalandi. Inshootda “Agrostandartplyus” mas`uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 40 milliard so`mlik ta`mirlash va jihozlash ishlari bajarildi.

180 o`rinli mehmonxonadagi shinam, biri-birini takrorlamaydigan dizaynga ega, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan 4 apartament, 108 lyuks va 24 oddiy xonada mehmonlar yashashi va dam olishi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Restoran, kafe, bar, internet klub, kutubxona, 80 o`rinli konferens-zal xalqaro andozalarga muvofiq jihozlangan.

– Viloyatimizda zamonaviy mehmonxonalar tarmog`i kengayib borayotir, – deydi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Jizzax viloyati vakolatli vakili Lola Sanaeva. – Mukammal ta`mirlanib, jahon andozalari talabiga mos tarzda ish boshlagan mehmonxona hududda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehmonxona ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Soliev so`zga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1