AsosiyDunyo

Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi

Hozircha kompaniya va shahar maʼmuriyati qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

'Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi'ning rasmi

The New York Post nashrining xabar berishicha, Nyu‑York shahrida Isroilga dronlar yetkazib berib kelgan Easy Aerial kompaniyasi ijaredan chiqarilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Brooklyn Navy Yard Development Corp mazkur kompaniya bilan ijara shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Qaror shahar meriyasi tomonidan tayinlangan direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Easy Aerial Isroilni dronlar bilan ta’minlab kelgan. Kompaniyaning Bruklindagi hududdan chiqarilishi esa siyosiy va jamoatchilik doirasida turli munosabatlarga sabab bo‘lmqoda.

Hozircha kompaniya va shahar ma’muriyati qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

    Boshqa yangiliklar