AsosiyDunyo

Epstein ishi: 300 dan ortiq mashhurlarning ismi oshkor qilindi

AQSh Bosh prokurori Jeffri Epstein ishiga doir hujjatlarda tilga olingan yuzlab taniqli shaxslar roʻyxati eʼlon qilinganini maʼlum qildi.

'Epstein ishi: 300 dan ortiq mashhurlarning ismi oshkor qilindi'ning rasmi

AQSh Bosh prokurori Pam Bondi Jeffri Epstein ishiga oid hujjatlarda qayd etilgan 300 dan ortiq mashhur shaxs va siyosatchi ismini ochiqladi. Bu haqda "New York Post" xabar berdi.

Gap Epsteinga nisbatan voyaga yetmaganlar bilan jinsiy savdo aylovlari bo‘yicha tergov materiallari haqida bormoqda. Bondining bildirishicha, 2025 yil 19 dekabrda belgilangan muddatga muvofiq ishga doir barcha hujjatlarni oshkor qilish jarayoni yakunlangan.

Ro‘yxatda qator taniqli siyosiy va jamoat arboblari bor. Ular orasida Bill Klinton, Hillari Klinton, Barak Obama, Mishel Obama, Kamala Harris, Jo Bayden, Prints Garri, Bill Geyts, Vudi Allen, Mark Sukerberg va Beyonse kabi shaxslar tilga olingani aytilmoqda.

Shuningdek, Bondi avvalroq federal xizmatlarni ishga doir minglab sahifalarni yashirganlikda ayblagan va unga to‘liq arxiv o‘rniga atigi 200 sahifa taqdim etilganini bildirgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 dekabr kuni AQSh Adliya vazirligi tomonidan federal tergovga oid qolgan barcha materiallar e’lon qilingan. Ular 3 milliondan ortiq sahifa hujjat, 2 mingdan ziyod video va 180 mingga yaqin fotosuratni o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatda ismning tilga olinishi shaxsning aybdorligini anglatmaydi — bu faqat tergov materiallarida qayd etilgan shaxslar ro‘yxati hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin internetda Epstein tirik bo‘lishi mumkinligi haqidagi nazariya ham tarqalgan edi. Bunga go‘yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan Fortnite akkaunti faolligi sabab sifatida keltirilgan. Gap littlestjeffti taxallusi bilan ochilgan profil haqida bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 21:09

    Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi

    Hozircha kompaniya va shahar maʼmuriyati qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

    'Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 16:19

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi

    Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.

    'Venesuela 17 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 14:12

    Venesuela 17 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

    Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda Karakasdagi 7-zona qamoqxonasida saqlanayotgan mahbuslar ozod qilinganini eʼlon qildi.

    'БААда рамазон ойида иш вақти 2 соатга қисқаради'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 11:44

    БААда рамазон ойида иш вақти 2 соатга қисқаради

    Davlat xizmatchilari ham yengillashtirilgan rejimga o‘tadi. Dushanbadan payshanbaga ularning ish kuni ertalab soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi.

    'Nipah virusidan 2-o‘lim holati qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo 14.02.2026 07:48

    Nipah virusidan 2-o‘lim holati qayd etildi

    U 25 yoshli hamshira bo‘lib, virusni yanvar oyida o‘zi ishlagan kasalxonadan yuqtirgan.

    'Portugaliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 14.02.2026 04:20

    Portugaliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin

    Portugaliya parlamentining bolalar va o'smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo'yicha qonun loyihasini birinchi o'qishda ma'qulladi.