AsosiyIqtisodiyot

ZARGARLIK BO`YIChA O`ZBEK-KOREYS QO`ShMA KORXONASI TAShKIL ETILADI

'ZARGARLIK BO`YIChA O`ZBEK-KOREYS QO`ShMA KORXONASI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

Seulda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha o`zbek-koreys qo`shma korxonasini tashkil etish to`g`risidagi bitim imzolandi.

«FONON» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi va Janubiy Koreyaning Hwachon Plant — Gemco kompaniyasi Toshkentda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha qo`shma korxonani tashkil etish to`g`risidagi bitimni imzoladi.

Seulda hujjat ostiga «FONON» bosh direktori Muxsin Ashurov va Hwachon Plant — Gemco ijrochi direktori Chol Shik Shin imzo qo`ydi. Marosim O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida bo`lib o`tdi.

Teng sherikchilik asosida tashkil etilayotgan QK nizom jamg`armasi 30 mln dollarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar