1

YIL BOShIDAN BUYoN MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI 54 MAMLAKATGA EKSPORT QILINDI

Iqtisodiyot 22.11.2017, 11:13
YIL BOShIDAN BUYoN MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI 54 MAMLAKATGA EKSPORT QILINDI

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 20 noyabr kuni bozorlarni qish-bahor mavsumida ham qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash vazifalari ijrosiga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Qayd etilganidek, joriy yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlarining xaridorgir turlarini takroriy ekish maydonlari sezilarli darajada kengaytirilgan. Sentyabr-oktyabr oylarida takroriy ekindan etishtirilgan qariyb 65 ming tonna mahsulot eksport qilingan. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar ko`pdir.

Yil boshidan buyon meva-sabzavot mahsulotlari 54 mamlakatga eksport qilindi. Bangladesh, Filippin, Suriya, Tayvan, Iordaniya, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda yangi bozorlar o`zlashtirildi.

Ichki iste`mol bozorida meva-sabzavot mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tuzildi. Import orqali bozorlarni tanqis va yuqori narxdagi mahsulotlar bilan ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Hududlar kesimida 490 ming tonnadan ziyod qishloq xo`jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini kelgusi qish-bahor mavsumi uchun g`amlash parametrlari tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1