1

​O`ZBEKISTONDA KOREYa BILAN HAMKORLIKDA 4 TA QO`ShMA INSTITUT TAShKIL ETILADI

Siyosat 22.11.2017, 15:38
​O`ZBEKISTONDA KOREYa BILAN HAMKORLIKDA  4 TA QO`ShMA INSTITUT TAShKIL ETILADI

Koreyaning Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) prezidenti vazifasini bajaruvchi Jong Sung Yong bilan bilan muzokaralar o`tkazildi. Unda O`zbekistonda qo`shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

KRICT Koreya hukumati tashabbusi bilan 1976 yilda tashkil etilgan kimyoviy texnologiya davlat ilmiy-tadqiqot institutidir. Institut kimyoviy texnologiyaning deyarli barcha sohalaridagi asosiy tashabbuskor va yangilik yaratuvchidir.

Institut sohaga oid yangiliklarni jalb qilgan holda organik va noorganik kimyo sohasida uglerod resurslarini qayta ishlash, yangi materiallarni takomillashtirish, biologik va tibbiyot mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa sohalarda tadqiqotlar olib boradigan 980 dan ortiq xodimlarga ega.

2017 yil 16-18-oktyabr kunlari KRICT vakillari O`zbekistonga tashrif buyurib, «Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti» (TKTITI) va «O`zkimyosanoatloyiha» loyihalash instituti faoliyati bilan tanishdilar.

Uchrashuv davomida ushbu ikki institut negizida ilmiy-tadqiqot markazi, loyihalashtirish va muhandislik, diagnostika markazi, malaka oshirish va ta`lim yo`nalishlari bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchi yagona institutni tashkil etish taklifi ko`rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha «O`zkimyosanoat» AJ bilan «TKTITI» DUK hamda «O`zkimyosanoatloyiha» OAJ negizida quyidagi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha qo`shma institut tashkil etish to`g`risida kelishuvga erishildi;

1) ilmiy-tadqiqot markazi: boshlang`ich loyihalardan foydalangan holda organik va noorganik kimyoning barcha sohalarida, jumladan, neftkimyo, gaz kimyo, biokimyo, farmasevtika va shu kabi yo`nalishlarda tadqiqot va ishlanmalar olib borish;

2) loyihalashtirish va muhandislik: ilg`or texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy dasturiy echimlardan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish;

3) diagnostika markazi: ishlab chiqarish uskunalarini tekshirish va diagnostika qilish, fizika-kimyoviy laboratoriyani zarur bo`lgan zamonaviy asbob-uskunalarni sinovdan o`tkazish va v.h.;

4) malaka oshirish va ta`lim: xorijlik o`qituvchilarni jalb etgan holda, sanoat xodimlarini malakasini oshirish va o`qitish, shuningdek, Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot institutining (KRICT) magistratura va doktorantura yo`nalishlarida O`zbekiston vakillarini ta`lim olishi va tajriba almashishini tashkil etish;

Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) ma`muriyati 2018 yilda doktoranturaga 3 nafar o`zbek mutaxassisini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. O`qish yakunlangach, ushbu mutaxassislar O`zbekistonda tashkil etilgan yangi qo`shma markazda ishlashadi.

Koreya tomoni O`zbekistonga Germaniyada tadqiqot laboratoriyasini va Vetnam ilmiy markazini yaratish tajribalarini taqdim etgan holda, Vetnam bilan hamkorlik tajribasini ko`rib chiqishni taklif etdi. Ilmiy-tadqiqotmarkaziningqiymati 70 million dollarni tashkil etadi. Koreya tomoni 50/50 paritetlikasosida 35 mln. AQSh dollariga teng mablag`ni grant asosida ajratishini ma`lum qildi.

Bugun ikki mamlakat hukumatlari ko`magida Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan qo`shma institut tashkil etish to`g`risidagi Hamkorlik bitimini imzolash rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1