1

​5 MLRD. DOLLAR: KOREYaNING O`ZBEKISTONGA YO`NALTIRAYoTGAN INVESTISIYaSI HAJMI BUNDAN YuQORI

Siyosat 22.11.2017, 17:20
​5 MLRD. DOLLAR: KOREYaNING O`ZBEKISTONGA YO`NALTIRAYoTGAN INVESTISIYaSI HAJMI BUNDAN YuQORI

Koreya Respublikasining O`zbekiston iqtisodiyotiga yo`naltirayotgan to`g`ridan to`g`ri investisiyalar hajmi 5 mlrd dollardan oshdi.

1994 - yildan buyon ikki davlat o`rtasida savdo iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`mita faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

O`zaro savdo munosabatlarida ikki tomon uchun ham afzal bo`lgan manfaatlar ustuvordir.

2017 - yilning yanvar-sentyabr oylari oralig`ida mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro tovar aylanmasi hajmi 963,45 mln.dollarni tashkil etdi. (+33,6%)

Jumladan: eksport – 81,15 mln. (-38,6%) import – 882,3 mln. (+49,8%)

Bugungi kunda O`zbekistonda koreys kapitali ishtirokida 461 ta korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan 386 tasi qo`shma korxona, 75 ta korxona esa 100% koreyskapitali hisobidan tashkil etilgan.

O`zaro tovar aylanmasi ko`rsatkichi:

(mln. doll.)

2012y.

2013y.

2014y.

2015y.

2016y.

Tovar

aylanmasi

2142,4

2121,0

2016,4

1716,6

1048,6

Eksport

113,7

86,5

143,7

158,1

184,1

Import

2028,7

2034,6

1872,7

1558,5

864,5

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1