1

“MARD O`G`LON” DAVLAT MUKOFOTI TA`SIS ETILDI

Siyosat 22.11.2017, 22:20
 “MARD O`G`LON” DAVLAT MUKOFOTI TA`SIS ETILDI

Shavkat Mirziyoev 2017 yil 21 noyabr kuni "Mard o`g`lon" davlat mukofotini ta`sis etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorga imzo chekdi.

Hujjat matni O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasiga kiritilgan.

Qarorga muvofiq, “Mard o`g`lon” davlat mukofoti ta`sis etildi.

Mukofot har yili Yoshlar kuni (30 iyun) arafasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga topshiriladi.

Davlat mukofoti bilan taqdirlash Prezident qarori bilan amalga oshiriladi.

Mazkur davlat mukofotini olganlar oliy ta`lim muassasalarining bakalavr bosqichiga agar mukofotlangan shaxs oliy o`quv yurti talabasi yoki bakalavr darajasiga ega bo`lsa magistratura bosqichiga imtihonlarsiz davlat granti asosida qabul qilinishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1