1

"O`ZBEKENERGO" AJ TOMONIDAN 44,9 MILLIARD KILOVATT-SOAT ELEKTR ENERGIYaSI HUDUDLARGA ETKAZIB BERILDI

Iqtisodiyot 23.11.2017, 09:58
"O`ZBEKENERGO" AJ TOMONIDAN 44,9 MILLIARD KILOVATT-SOAT ELEKTR ENERGIYaSI HUDUDLARGA ETKAZIB BERILDI

O`zbekiston Milliy matbuot markazida "O`zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o`rinbosari R.Rayimov va boshqalar Prezidentimizning joriy yil 22 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida "O`zbekenergo" AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rilayotganini ta`kidladi.

Joriy yilning o`tgan o`n oyi davomida "O`zbekenergo" AJ tomonidan 44,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi hududlarga etkazib berildi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 milliard kilovatt-soatga ko`pdir. Shuningdek, joriy yilning 10 oyida hududlardagi 3124 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va mingdan ortiq transformator punkti modernizasiya va rekonstruksiya qilindi. Bu o`tgan yilda amalga oshirilgan ishlarga nisbatan 5,7 barobar ko`p.

Respublika ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq jadvallariga asosan hududlarda 406 kilometr elektr uzatish tarmog`i va 380 ta transformator punktini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Bugungi kunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan 336,6 kilometr uzunlikda elektr uzatish tarmog`i va 311 ta transformator punktida modernizasiya va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Kuz-qish mavsumida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda 324 ta avariyani bartaraf etish brigadasi tashkil etilib, ular zamonaviy aloqa vositalari va 315 ta maxsus avtomashina bilan ta`minlandi.

– "O`zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatida bir qator yangi texnologiyalar joriy etildi, – deydi “O`zbekenergo” AJ elektr stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi boshlig`i Lutfulla Nurullaev. – Jumladan, 2016 yilning oktyabr oyida "Talimarjon IES" unitar korxonasida ishlab chiqarish quvvati 450 megavatt bo`lgan birinchi bug`-gaz qurilmasi va 2017 yil fevralda xuddi shunday quvvatli bug`-gaz qurilmasi to`liq ishga tushirildi. Bug`-gaz qurilmalarining to`liq ishlashi yiliga qo`shimcha 7 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda stansiyaning o`rnatilgan quvvati 1700 mVA va bu quvvat orqali yiliga stansiya bo`yicha 12,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishilmoqda.

2017-2018 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o`z vaqtida bajarish maqsadida yillik ta`mir jadvali bo`yicha 14 ta energoblok, 15 ta qozon agregati, 3 ta turboagregatni mukammal ta`mirlash ko`zda tutilgan edi. Bugungi kunda bu boradagi barcha ishlar yakuniga etkazildi.

Bunday chora-tadbirlar tufayli aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlanib, korxona-tashkilotlarning qish mavsumida barqaror faoliyat ko`rsatishiga zamin yaratilayotir.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1