— Chet eldanolib kelinadigan endoprotez (soxta bo`g`in)ni qo`yishda hamda Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot institutida operasiya qilishda va ushbu muassasada yotishda qanday imtiyozlar bor?
Elmira Isomiddinova, Samarqand shahri
X.ShOKIROV, O`zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti shifokori:
— O`zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutining klinikasi byudjet asosida endoprotezlar bilan ta`minlanmagan. Hokimiyat, homiylar tomonidan endoprotezni sotib olish tashkillashtirilsa, Sog`liqni saqlash boshqarmasi order ajratsa fuqaro O`zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutining klinikasida jarrohlik amaliyotini o`tkazishi mumkin.






