1

BUXORO, SAMARQAND, XIVA VA ShAHRISABZ ShAHARLARIDA XAVFSIZ TURIZM TA`MINLANADI

Iqtisodiyot 27.11.2017, 11:15
BUXORO, SAMARQAND, XIVA VA ShAHRISABZ ShAHARLARIDA XAVFSIZ TURIZM TA`MINLANADI

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabr kuni "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori tasdiqlandi.

Ushbu qaror bilan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta`minlash konsepsiyasi va ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo`yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Konsepsiya xavfsiz turizmni ta`minlash bo`yicha ichki ishlar idoralarining tuzilmasini takomillashtirishga va sayyohlar xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan.

Shuningdek qaror bilan Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalarini tuzish nazarda tutilmoqda.

Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalarining asosiy vazifasi sayyohlik namoyishi ob`ektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, sayyohlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish hisoblanadi.

Boshqarmalar birinchi navbatda malakali va xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar bilan ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1