Arizamizga ko`ra bola puli olishga haqli topilgandik. Nafaqa olayotganimizga hech qancha bo`lmay «Sharoitingiz yaxshilandi» deb pulni to`xtatib qo`yishdi. Hammasiga boshqa uyga ko`chib o`tganimiz va qaynotam eski «moskvich» mashinasini erimga hadya qilgani sabab bo`ldi. Axir bitta mashina nimani hal qiladi?
«SMS» orqali kelgan savol
Turar–joy manzili o`zgargan bo`lsa, ikki yoshgacha beriladigan bola pulini olish uchun mahalla fuqarolari yig`iniga qaytadan ariza bilan murojaat etishingiz kerak bo`ladi. Arizangizga ko`ra yashash sharoitingiz maxsus komissiya tomonidan o`rganilib, lozim topilsa, bolaning moddiy ta`minoti uchun nafaqa berilishi davom ettirilishi mumkin.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






