AsosiySUG'DIYONA

BIRINChI YoRDAM KO`RSATIShDAGI 5 XATO

'BIRINChI YoRDAM KO`RSATIShDAGI 5 XATO'ning rasmi

1. Ochiq yaraga yod yoki zelyonka surtmang!

Tarkibida spirt bo`lgan dori vositalari yarada chuqur kimyoviy kuyishni µosil qiladi. Natijada, yara uzoq bitadi. Ba`zi µollarda esa terida chandiq bo`lib qoladi. Yod va zelyonka faqatgina kichik shilinishlarda qo`llaniladi.

2. Tiqilib qolganda, elkaga urmang!

Aks µolda, tomoqqa tiqilgan narsa yanada chuquroqqa, ya`ni nafas yo`llariga o`tib ketishi mumkin.

3. Kuygan teriga yog` surtmang!

Yog` jaroµatlangan teri kataklarini berkitib qo`yadi, natijada kuygan joyga kislorod etib bormaydi. Bu esa kuygan terining sekin bitishiga olib keladi. Teri kuyishlarida jaroµatni muzdek suv tagida ushlab turing-da, so`ng darrov shifokorga murojaat qiling.

4. Burin qonaganda boshni orqaga qilmang!

Bunday usul qonni to`xtatishga emas, uning yo`nalishini o`zgartirishga yordam beradi xolos. ªon tomoq va µatto, oshqozonga tushishi mumkin. Undan ko`ra, elkalarni tik tutib o`tiring-da, burun teshigiga 3 foizli vodorod pereksidiga botirilgan paxtani qo`ying. Shuningdek burun ustiga muz bosishingiz µam mumkin.

5. Harorat ko`tarilganda qavat-qavat kiyinmang!

Harorat ko`tarilganda, issiqlik almashinuvi buziladi. Natijada tana va xona µarorati orasidagi farqdan sovuq qota boshlaysiz va qavat-qavat kiyinasiz. Ammo bu ishingiz noto`g`ri. Isitma chiqqanida zarur preparalarni qabul qilib, peshonangizga nam sochiq qo`yib yoting.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar