AsosiySUG'DIYONA

​PAZANDALAR UChUN 12 TAVSIYa

'​PAZANDALAR UChUN 12 TAVSIYa'ning rasmi
  • Masalliqlari aralashtirilgan oshirma xamirli pirogni darhol gaz pechiga qo`yishga shoshilmang. 15 daqiqa qolipga solingan holicha tursa, xamir yaxshi ko`tariladi.
  • Agar gaz pechidagi pirogning yuzasi qizarib, xamiri etilib pishmagan bo`lsa, pishiriq ustini oq qog`oz bilan o`rab qo`ying.
  • Keks xamirini tayyorlayotganda margarin o`rniga o`simlik yog`ini ishlatib ko`ring. Bu yog` bilan pishirig`ingiz yumshoq va g`ovaksimon ko`rinishda chiqadi.
  • Uvalanuvchi xamirdan tayyorlangan pishiriq yuzasiga atalangan tuxum surtilsa, gaz pechida shaklini yo`qotmaydi.
  • Gaz pechi patnisini sovuq suv bilan chayib, so`ng ustiga qatlama xamirdan tayyorlangan pishiriqni terib chiqing. Shunda tagi qizarib ketmaydi.
  • Biskvit xamiri solingan qolip atrofiga sariyog` surtib qo`yilsa, shirinlik pishganidan so`ng cho`kib qolmaydi.
  • Bir kun avval tuxum sarig`ini atalab, ozroq tuz bilan aralashtirib qo`ying. Ertasiga esa biskvit tayyorlashda foydalaning. Bu usul yordamida keks xamiri sariq tus oladi.
  • Oshirma xamir tayyorlashda xamirturushni ozroq shakar bilan aralashtirib, so`ng qolgan masalliqlarga qo`shsangiz, ta`siri yaxshiroq bo`ladi.
  • Pishiriq xamiri tayyor, biroq gaz pechi yaxshi qizimagan. Bu vaziyatda xamir solingan qolip yoki patnis yuzasini namlangan sochiq bilan o`rab qo`yish lozim. Shunda xamir cho`kib qolmaydi.
  • Qaymoqli krem tayyorlayotganda mikserning aylanisht tezligiga diqqat qiling. Agar mikser ko`pirtirgichining izi qaymoq yuzasida bilinsa, demak krem maromiga etgan sanaladi. Uzoq ko`pirtirilganida esa qaymoq bilan shakar ajralib qolishi mumkin.
  • Pirojkilar ertasiga ham yumshoqligini yo`qotmasligi uchun yuzasiga sariyog` surtib qo`ying.
  • Bezatilgan tort ta`mi va ko`rinishini yo`qotmaslik uchun u saqlanayotgan joyda olma yoki limon po`sti bo`lishi lozim.

    Boshqa yangiliklar