1

Shifo maslahat: “AFRIKAChA QOVUN” — PAPAYYaNING ShIFOBAXShLIGI

Salomatlik 27.11.2017, 15:48
Shifo maslahat: “AFRIKAChA QOVUN” — PAPAYYaNING ShIFOBAXShLIGI

Papayya mevasining asosiy moddasi – papain, u qonni suyultiradi, trombositlarning to`planishiga to`sqinlik qiladi va tomirlar devorida yig`ilgan moddalarni eritadi, shuningdek, yaralarning bitish jarayonini tezlashtiradi va sog`lom to`qimalar uchun xavfsiz sanaladi.

PAPAYYa QAERDA O`SADI?

Po`sti oltin rangli, ichi zangori bu meva Janubiy Amerika va Afrika mamlakatlarida o`sadi. Mazasi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, papayya “qovun daraxti” deb ham ataladi. Ma`lumotlarga qaraganda, papayyaning mingdan ortiq navi bor. Qaysi mamlakatda o`stirilishiga qarab nafaqat mevasining ko`rinishi, balki mazasi ham farq qiladi. Biroq ularning barini bir xususiyat birlashtirib turadi – to`yimli va salomatlik uchun foydali.

PARHEZ MAHSULOT

Papayyaning eng muhim xususiyati — mevasi va barglari tarkibidagi papain fermentidir. Fiziologik ta`siriga ko`ra, u oshqozon shirasiga o`xshab ketadi. Shuning uchun ham papayya mevasidan hazmni yaxshilaydigan parhez mahsulot sifatida foydalaniladi. Papainning oqsilni parchalash xususiyati qattiq go`shtni yumshatishda qo`l keladi. Shu maqsadda tropik o`lkalarda ovqatlarga bir bo`lak papayya qo`shib yuboriladi. Eng qattiq go`shtni ham papayya bargiga o`rab qo`yilsa, bir necha soatdan keyin yumshab qolishi tayin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1