AsosiySUG'DIYONA

​Go`ShT HARID QILISh QOIDALARI

'​Go`ShT HARID QILISh QOIDALARI'ning rasmi
  • Go`sht sotib olayotganda uni qo`lingiz bilan paypaslab ko`ring. Sifati buzilgan go`sht yuzasida shilimshiq qoplam hosil bo`ladi.
  • Yangi kesilgan go`shtni tekshirib ko`rish uchun ustini bosh barmoq bilan bosib ko`ring. Agar barmoq o`rnida paydo bo`lgan chuqurcha tezda asl xoliga qaytsa, demak sotib olsa bo`ladi. Aksi bo`lib, chuqurcha o`rnida suyuqlik to`plansa, demak go`sht keltirilganiga bir necha kun bo`lgan.

Och qizg`ish tusdagi mol go`shti yumshoq bo`ladi. Qo`y go`shti esa to`q qizil rangda ekanligi bilan ajralib turadi. Agar mana shu sifatiga mos kelmasa, bilingki, go`sht bir necha kundan buyon saqlanmoqda.

Parranda go`shti joylangan idish tagida ortiqcha suyuqlik bo`lmasligi kerak. Agar suyuqlikka ko`zingiz tushsa, yaxshisi harid qilmang.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar