AsosiySUG'DIYONA

QOShLAR NIMALAR DEYDI?

'QOShLAR NIMALAR DEYDI?'ning rasmi

Yoysimon qosh sohiblari

Yoy, bu — go`zallik ramzi. Bunday qosh egasi go`zallik uchun dunyoga kelgan. U istagan narsalariga qiyinchiliksiz erishish qobiliyatiga ega. Tabiiy kamon qoshlar ta`sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik va san`atkorlik xususiyatlaringizni oshkor etmoqda. Shu bilan birga, ko`zlagan maqsadingizga erishish uchun sizda etarlicha qat`iyat topiladi. Kamon qoshlar munosabatlarda o`zaro ahillikdan darak beradi.

Qaldirg`och qanoti kabi qo`shilgan qoshlar

Bundaylarni o`z maqsadlarga erishish yo`lida xech narsadan tap tortmaydigan, ushlaganini uzmay qo`ymaydigan insonlar qatoriga qo`shish mumkin. Agar qoshning oxiri chakkaga tomon ko`tarilgan bo`lsa, odatda bu jahldorlik, tadbirkorlik, mag`rurlik, o`ziga bo`lgan ishonchdan darak beradi.

Egilgan uchli qoshlar

Bunday qosh sohibalari odatda o`z taqdirining yaratuvchisi hisoblanmaydi. Maqsadingizga erishish uchun odamlardan foydalanishdan tiyilishingiz lozim.

Tekis qoshlar

Bunday qosh egalari shijoatli, mard, sport va dam olishni xush ko`ruvchi insonlar bo`lishadi. Ular odatda uy bekasi roliga umuman mos kelmaydi. Ishda tavakkalchi bo`lib, turli to`siqlarni osonlik bilan engib chiqish tekis qosh sohiblariga xos jihat. Atrofdagilar ularni aqlli, o`z ishini yaxshi biladigan inson sifatida qadrlashadi.

Burchaklari bo`rtib chiqqan qoshlar

Bunday insonlar moliyaviy masalalarda juda uddaburonbo`lishadi. Shuningdek, ular hayotdan bahra olib yashashni istashadi. Biroq shaxsiy munosabatlarda anchayin beqarordirlar. Beqarorliklari tufayli odamlarda ishonchsizlik uyg`otadilar.

Yarimoy shaklidagi qoshlar

Bu haqiqiy tadbirkor insonning qoshlari. Bunday qosh egalari odatda o`ta sinchikov va ehtiyotkor bo`lishadi. Shuningdek, topqirlik, ixtirochilik va o`ziga kuchli ishonch ham ularga xos xususiyat. Odamlar sizga osonlik bilan ishonch bildirishadi.

Xususiyatlariga ko`ra…

Qalin qoshlar hayotga bo`lgan chanqoqlik, shijoatni bildirsa, siyraklari beqaror, kam harakat, muloqot doirasi chegaralangan insonlardan darak beradi. Qisqa qoshlilar boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishlari amri mahol. Keng qoshlar o`ziga nisbatan ishonchdan dalolat. Ingichkalari esa uyatchan va beqarorlikni bildiradi.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar