Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 100 grammdan pishloq va yong`oq mag`zi, 100 ml. smetana, 1 dona olma, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini somoncha shaklida maydalab to`g`rang. Olmani po`stidan tozalab, qirg`ichdan o`tkazing-da, tovuq go`shti ustidan soling.
2. Yong`oq mag`zini maydalab, salatga qo`shing. Smetana va qora murch solib, aralashtiring.
3. Aralashmani salat idishiga solib, yuziga qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq seping va yong`oq mag`zi bilan bezating.
4 kishilik
15 daqiqa






