Zarur masalliqlar: 150 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 100 gr. tuzlangan qo`ziqorin, yarim banka konservalangan makkajo`xori, bitta qaynatilgan sabzi, 1 bosh binafsha rang piyoz, mayonez, ko`katlar, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shti, sabzi, tuzlangan qo`ziqorin va piyozni to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang.
2. Konservalangan makkajo`xorini suvidan ajratib, salatga qo`shing.
3. Tuz, murch seping-da, mayonez qo`shib, aralashtiring. Maydalangan ko`katlarni qo`shishni unutmang.
10 daqiqa
4 kishilik
Manba: “SUG‘DIYONA”






