Tanadagi qon barcha hujayralarga kislorod va karbonat angidrid tashib, ularning bir me`yorda, mo``tadil ishlashini ta`minlaydi, turli xastaliklarning oldini oladi. Jigar esa qonni hamisha tozalab, yana ishga shay qilib turadi. Shuning uchun salomat bo`lishni istagan kishi jigar faoliyatiga hamisha e`tiborli bo`lishi lozim. Quyida jigar xastaliklarining oldini olish uchun xalq tabobatidan tavsiyalarni e`tiboringizga havola etamiz.
JIGARNI MUSTAHKAMLOVChI MALHAMLAR
- Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan ma`qul, har qanday jigar xastaligini behi suvi yaxshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak bo`ladi. Necha kun ichish kasallikning og`ir-engilligiga, eski-yangiligiga qarab belgilanadi.
- Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi.
- Quruq o`rik (turshak) peshob haydovchi bo`lgani uchun jigar faoliyatini yaxshilashda qo`l keladi.
- Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar xastaliklarini davolaydi.
- Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. Bog` yalpiz suvini qo`shib uch mahaldan ichiladi.
- Jigar kuchsizligini davolashda za`faron, anor doni va mayizni urug`i bilan chaynab eyish qo`l keladi.
- Har kuni 3,5 gr. zira iste`mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
- Shirin anor suvini muntazam iste`mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
- Baliqni olovda kabob qilib eyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
- Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo`shib eb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
- O`n besh gramm qovun urug`i yanchib eyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
- Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
- Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag`ishlaydi.
- Kuniga 80-100 gramm shavel eb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
- Yigirma gramm semizo`t urug`ini yanchib elakdan o`tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
- Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
- Xom xondon pista mag`zi jigar sovuqligiga davo.
- Oshqovoq suvda qaynatib eyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
- Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog`ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.
- Sabzini suvda qaynatib, so`ng u asalga qo`shib eyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
- Sirka va asal qo`shib eb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo`ladi.
- Jigari xastalangan bemorlar tovuq go`shti, anor, mayiz, no`xat iste`mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.
- Agar jigaringiz kamquvvat bo`lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo`ying-da, undan ertalab eb turing.
- Jigar og`rig`ini qoldirishda na`matakdan damlangan choy eng shifobaxsh malhamlardan sanaladi.