AsosiySiyosat

VLADIMIR ChERNOV BOShChILIGIDAGI NUFUZLI DELEGASIYa TAShRIF BUYuRADI

'VLADIMIR ChERNOV BOShChILIGIDAGI NUFUZLI DELEGASIYa TAShRIF BUYuRADI'ning rasmi

2017 yilning 30 noyabr kuni O`zbekistonga Rossiya Federasiyasi Prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo`yicha boshqarmasi boshlig`i Vladimir Chernov boshchiligidagi nufuzli delegasiya tashrif buyuradi.

Tashrifdan maqsad Tashkent shahrida bo`lib o`tadigan “O`zbekiston va Rossiya: 25 yillik strategik sheriklik” nomli tarixiy-hujjatli ko`rgazmaning ochilish marosimida va “O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi 25 yillik hamkorlikning asosiy bosqichlari” mavzusidagi “davra suhbati”da ishtirok etishdan iborat.

Shuningdek, Rossiya Prezident idorasi xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi, Federal arxiv agentligi, Savdo-sanoat palatasi va qator oliy o`quv yurtlari vakillaridan iborat delegasiya Samarqandga ham tashrif buyuradi.

    Boshqa yangiliklar