Bu haqda 2 dekabr kuni Yaponiyaning BMTdagi elchisi ma`lum qildi.
BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyadagi vaziyatni tahlil etish va mamlakatda inson huquqlarining himoya qilinishiga doir masalani hal etish maqsadida 11 dekabr kuni uchrashuv o`tkazadi.
Eslatib o`tamiz, shu yil 28 noyabr kuni KXDR navbatdagi “Xvason-15” raketasini uchirdi. Pxenyanda ma`lum qilinishicha, ballistik raketa AQShning butun hududiga xavf keltirishi mumkin. AQSh Prezidenti Donald Tramp KXDR davlat rahbariga qarata yangi yirik sanksiyalarni qo`llashga qaror qilganini bildirdi.






