1

YuRTIMIZNING ENG BALAND TARIXIY OBIDASI

Rekord 04.12.2017, 13:59
YuRTIMIZNING ENG BALAND TARIXIY OBIDASI

Bu “unvon”ga yurtimizning ikkita tarixiy obidasi — Buxorodagi Minorai kalon hamda Xivadagi Islomxo`ja minorasini munosib ko`rish mumkin. Minorai kalon Buxoroning ko`hna va muazzam poyi kalon majmuasidan o`rin olgan bo`lib, u 1127 yilda Qoraxoniylarhukmdori Arslonxonning buyrug`i bilan Usta Baqo ismli me`mor tomonidan bunyod etilgan. Balandligi 46,5 metrga teng. Xivadagi Islomxo`ja minorasi hozirga qadar tarixiy inshootlar orasida eng “daroz” bo`lib kelmoqda. Uni Xiva xoni Asfandiyorxonning vaziri Akbar Islomxo`ja qurdirgan va uning nomi bilan dovrug` taratgan. Xonning qaynotasi va bosh vazir bo`lgan Islomxo`ja ushbu minora qurilishiga 1912 yilda asos solgan edi. Uning ustalari Xudoyberganxo`ja, Qalandar ko`chim, Eshmuhammad Xudoyberdi o`g`li va Bolta Vais o`g`lilar bo`lishgan. Minoraning balandligi 57,5 metrga teng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1