1

ABITURIENTLAR O`RNATGAN REKORD

Rekord 05.12.2017, 12:01
ABITURIENTLAR O`RNATGAN  REKORD

Bu yil O`zbekiston oliy ta`lim muassasalariga rekord darajada ko`p — 663 298 nafar abiturient hujjat topshirdi.

Bu Davlat test markazi ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilgi ko`rsatkichdan salkam 57,5 mingtaga ko`proq. UZ24’ning yozishicha, Termiz Davlat universiteti eng ko`p — 37 676 nafar abiturientning hujjatlarini qabul qilgan. Undan keyingi o`rinlarni Qarshi Davlat universiteti (26 332 nafar abiturient) va Andijon Davlat universiteti (25 991 nafar abiturient) egallagan.

Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasalari orasida esa Toshkent Davlat pedagogika universiteti eng ko`p ariza qabul qilgan — 14 636 nafar abiturient aynan shu oliygohda o`qish istagini bildirib, hujjat topshirgan. Yangi tashkil etilgan O`zbek tili va adabiyoti universitetiga 5 031 abiturient hujjat topshirgan — universitet o`zining birinchi o`quv yiliga 300 talabani qabul qiladi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari 2016/2017-o`quv yilida bakalavriat uchun 57 907 nafar talabani o`qishga qabul qiladi. Ma`lumot uchun, 2015 yili O`zbekiston oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun 605 836 nafar abiturient hujjat topshirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1