AsosiySUG'DIYONA
7977

MAGNIY — ASABNI TINChLANTIRISh UChUN

'MAGNIY — ASABNI TINChLANTIRISh UChUN'ning rasmi

Kichkintoyingiz bo`yin, bosh va kurak sohasidagi og`riqlardan shikoyat qilayaptimi? Ehtimol oyoq-qo`llari uvishayotgandir? Bu belgilar organizmga magniy etishmayotganidan darak.

Foydasi: organizmda oqsil va uglevod almashinuvini nazorat qiladi, xolesterinni kamaytiradi, asabni tinchlantirib, og`riqlarni bartaraf etadi.

Kunlik miqdori: 1-12 yosh va undan katta bolalar uchun kunlik miqdori 600-1700 mg.ni tashkil etishi mumkin.

Me`yordan oshsa: ko`ngil aynishi, jizzakilik, qorin sohasida og`riq kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Muhim! Magniy kalsiy va temir moddalari bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. Qolgan vitamin va mikroelementlar bilan esa miqdori nazorat qilinganda zararli ta`siri kuzatilmagan.

Profilaktika: taomnomaga yormalar, dukkakli o`simliklar, yong`oq, bodom, salat bargi, banan kabi maµsulotlarni asta-sekin qo`shib borsangiz va tartibini nazorat qilsangiz, magniy etishmovchiligi yuzaga kelmaydi.

Dorixonalarda: shifokor ko`rsatmasiga ko`ra Magne V6 (6 oygacha bo`lgan bolaga 4/1, yoshidan oshganlar uchun esa 0,5 tadan 1 mahal) preparati tavsiya etiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar