1

O`ZBEKISTONDA MDHDA YaGONA BO`LGAN YaNGI ZAVOD BARPO ETILADI

Iqtisodiyot 05.12.2017, 13:16
O`ZBEKISTONDA MDHDA YaGONA BO`LGAN YaNGI ZAVOD BARPO ETILADI

«O`zikkilamchiranglimetall» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, zavod dunyoning sanoat akkumulyatorlari bozorida etakchilardan biri bo`ladi. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o`z ichiga olgan mazkur loyiha MDHda yagona sanaladi.

Zavod Unicor Co. Ltd (KOREA) Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda koreyalik hamkorlar bilan hamkorlik qilish iqtisodiyotimizning asosiy yo`nalishlaridan biri sanaladi. Bunga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifi ham yaqqol misol bo`ladi oladi. Tashrif doirasida koreyalik hamkorlar bilan iqtisodiyot, energetika, moliya, investisiya, yuqori texnologiyalar, o`zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish, vazirlik va idoralar o`rtasida hamkorlikni mustahkamlash sohalarida istiqboldagi rejalar ko`rib chiqildi.

Mazkur loyiha hukumat qarori bilan amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan “Ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgartirish, modernizasiyalash va diversifikasiyalash chora- tadbirlari” Dasturi ishlab chiqildi hamda uning doirasida «O`zikkilamchiranglimetall» AJga Sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni tashkil etish topshirildi.

Loyiha samarasi o`laroq muqobil energiya, uyali aloqa, mudofaa tizimida yangi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, zahira quvvat manbalari oshiriladi.

Bugun dunyoning iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarida uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo`yicha ishlanmalar jadal sur`atlar bilan olib borilmoqda.

O`zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to`plangan bo`lib, ular yuzasidan bir qancha o`n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.

«O`zikkilamchiranglimetall»da sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqarilishining yo`lga qo`yilishi ushbu sohada muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi zavodning qurilishi bir tomondan sanoat akkumulyatorlariga bo`lgan mamlakatimizdagi talabni qondirsa, ikkinchi tomondan uning eksportga etkazib berilishini ta`minlaydi, — deydi loyiha menejeri Behzod Yunusov.

Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston hududida 2018 yilning o`rtalarida sanoat sohasida muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy yirik korxona barpo etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1