1

​O`ZMILLIYBANK QIWI PUL O`TKAZMALARI TIZIMINI TAKLIF ETMOQDA

Iqtisodiyot 05.12.2017, 17:36
​O`ZMILLIYBANK QIWI PUL O`TKAZMALARI TIZIMINI TAKLIF ETMOQDA

O`zmilliybank tomonidan elektron va tezkor pul o`tkazmalarning yangi turi QIWI pul o`tkazmalari tizimi joriy etildi. Rossiya davlatining istalgan hududida yashayotgan va ishlayotgan hamyurtlarimiz uchun bankka bormasdan turib, O`zbekistonga 24 soat davomida tezkor pul o`tkazmalarni amalga oshirishning yangi imkoniyati yaratildi.

Bunda Rossiyaning Kivi Banki tomonidan barcha joylarga o`rnatilgan to`lov terminallari va infokioskalariga Sizning so`m plastik kartangiz ustida yozilgan 16 xonali raqami kiritilib, Rossiya rubli qo`yilgan holda uni avtomat ravishda shu kunning kursi bo`yicha AQSh dollariga konvertasiya orkali O`zmilliybankdagi o`zingiz yoki oila a`zolaringiz va boshqa yaqinlaringiz nomiga ochilgan so`m plastik kartalarga kelib tushadi. O`z nabatida, ushbu kelib tushgan mablag`laringiz O`zmilliybankning istalgan bo`lim va filiallaridan naqd ko`rinishda AQSh dollarida olishingiz mumkin.

QIWI tezkor pul o`tkazmasining mijozlar uchun qulayligi:

• plastik kartaga kelib tushgan pul mablag`lari to`g`risidagi ma`lumot onlayn tarzda sms-xabarnomasi ko`rinishida mobil telefoningizga jo`natiladi;

• jo`natilgan mablag`laringiz to`liq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSh dollarida beriladi;

• QIWI tezkor pul o`tkazmalari tizimi 7/24 tartibda, ya`ni dam olish kunlarisiz 24 soat faoliyat ko`rsatadi.

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun O`zmilliybankning istalgan bo`lim va filliallaridan yoki (0371) 148-00-10 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1