AsosiySalomatlik

OQChILMI? ShOKOLAD EMANG!

'OQChILMI? ShOKOLAD EMANG!'ning rasmi

Kandidoz zamburug`li infeksiyasining ta`sirida kelib chiqadigan oqchil bir martalik muolajadan keyin takror yuz berishi mumkin. Shunisi qiziqki, ayrim iste`mol mahsulotlari kasallikning qaytalanishiga sabab bo`lar ekan.

Xususan:

Shirinliklar. Shakar – kandida zamburug`ining sevimli ozuqasi, yana xamirturush qo`shilgan pishiriqlarni ham xush ko`radi. Muolaja vaqtida barcha turdagi qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek, shokoladni ham cheklash zarur. Davolanish yakuniga etganidan keyin ham oz miqdorda tanovul qilinishi kifoya.

Tayyor sharbatlar. Qadoqlangan sharbatlarga qand va bir qancha qo`shimchalar solinadi. Shakari oz-ku, deyishingiz mumkin, ammo sizga etib kelguniga qadar tarkibi o`zgarishi ham hech gap emas. Yangi siqilgan sharbatlar ham muntazam iste`mol uchun tavsiya qilinmaydi. Gazlangan ichimliklaru qat`iy taqiqda!

Oshirma xamir. Xamirturush qo`shilgan barcha turdagi pishiriqlarni kamaytirasiz. Hatto oq nonni ham. Qora bug`doy unidan tayyorlanganini esangiz bo`lar axir. Bulochka, pirojki va shu kabi yumshoqqina eguliklarni cheklamas ekansiz, tarkibidagi xamirturush, “mudroq” kandidani sergaklantiradi.

Kartoshka va guruch. Kam miqdorda kletchatka va ko`p miqdorda kraxmalga boy. Kraxmal esa hazm jarayonida glyukozaga aylanadi. Yorma va dukkakli o`simliklar tarkibidagi kraxmal, sekin ta`sir etuvchi uglevoddir. Aynan shuning uchun ham oqchil muolajasi va uning profilaktikasida kartoshka va guruch cheklanadi.

Dudlangan va tuzlangan mahsulotlarni ham kamaytiring. “Shakari yo`q-ku” deysizmi? Tuzlama tayyorlayotganda oz bo`lsa-da, shakar qo`shiladi, yana sirka va boshqa ziravorlar ham. Tuzlangan, marinadlangan mahsulot esa organizmda glyukoza miqdorini keskin o`zgartirishi mumkin bo`lgan ta`sirga ega. Ketchup, mayonez va tarkibida sirka mavjud eguliklarni ham nari qiling. Ular hisobiga immunitet sustlashsa, kandida zamburug`i yana bosh ko`taradi.

    Boshqa yangiliklar