1

​KONVERSION KARTANI IShLATIShDA BARChA ChEKLOVLAR BEKOR QILINDI

Iqtisodiyot 07.12.2017, 14:14
​KONVERSION KARTANI IShLATIShDA BARChA ChEKLOVLAR BEKOR QILINDI

Bu haqda Markaziy bank ma`lum qildi.

Prezident Vladimir Putin O`zbekiston bilan mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash haqidagi shartnomani ratifikasiya qiluvchi FZ-366 sonli qonunni imzoladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasining rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotish va konversion bo`limlaridan sotib olish va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatish huquqi berildi.

Milliy valyutaning yagona to`lov vositasi sifatidagi mavqeini mustahkamlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar (ishlar) uchun chet el valyutasida to`lovlarni amalga oshirish taqiqlandi.

Mamlakat hududidagi barcha to`lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi lozimligini inobatga olib hamda noqonuniy va spekulyativ operasiyalarni oldini olish maqsadida ehtiyoj uchun zarur bo`lgan valyutani qonuniy ravishda erkin xarid qilish imkonini beruvchi chet el valyutasini sotib olish tartibi joriy etildi.

Chet el valyutasi oldi-sotdisi bo`yicha bank xizmatlarining ommabopligini ta`minlash uchun Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1