AsosiyIqtisodiyot

2018 YILNING 1 YaNVARIDAN UZCARD DUET KARTALARI BO`YIChA TRANZAKSIYaLARNI TO`XTATADI

'2018 YILNING 1 YaNVARIDAN UZCARD DUET KARTALARI BO`YIChA TRANZAKSIYaLARNI TO`XTATADI'ning rasmi

UzCard 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, DUET kartalar bo`yicha tranzaksiyalarni to`xtatishga qaror qildi. Yagona Umumrespublika Prosessing Markazi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, “UzCard” banklararo to`lov tizimi joriy yilning 3-choragida DUET (“offlayn”) kartalar orqali amalga oshirilgan banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 14,2 ming tranzaksiyadan iborat bo`lib, 16,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. O`tgan yilning shu vaqt oralig`ida banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 1,9 mln. bo`lib, miqdori esa 1,06 trln. so`mni tashkil qilgan. Bu qayd etilgan ko`rsatkichlar esa UzCard 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, DUET kartalar bo`yicha tranzaksiyalarni to`xtatishga qaror qilinishiga asos bo`lgan.

Aytib o`tish lozimki, joriy yilning 3-choragida mamlakat bo`ylab 1,4 mln. plastik karta ishlab chiqarilgan. Bu 2-chorak ko`rsatkichidan 54,2 % ko`p demakdir. 2017 yilning 2-choragida emissiya qilingan kartalar soni 908,210 mingtani tashkil qilgan bo`la, 2016 yilning 3-choragida 1,7 mln. bank plastik kartalari chiqarilgan. Joriy yil ko`rsatkichlari bilan solishtirilganda 17,6 % ga pasayganini ko`rishimiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar