AsosiySavol-javob

«PROPISKA»DAN ChIQSAM, NAFAQAM NIMA BO`LADI?»

'«PROPISKA»DAN ChIQSAM, NAFAQAM NIMA BO`LADI?»'ning rasmi

Ayrim sabablarga ko`ra doimiy turar-joy ro`yxatidan chiqib turishimga to`g`ri kelayapti. Bordi-yu, shunday qilinsa, nafaqa masalasi nima bo`ladi? Axir «propiska»m bo`lmasa pensiyamni to`xtatib qo`yishadi-ku?!

Gulnoza Abdullaeva, Toshkent shahri

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomning 167-bandiga asosan pensionerning doimiy «propiska»si bo`lmasa va u faqat vaqtincha «propiska» qilingan bo`lsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo`yicha hisobga olinmagan bo`lsa), pensiya vaqtinchalik «propiska» (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo`yicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida to`lanadi.

Vaqtinchalik «propiska» (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo`yicha hisobga olish)ning amal qilish muddati tugashi bilan vaqtinchalik «propiska» (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo`yicha hisobga olish)ning keyingi sanasi o`rtasida uzilish mavjud bo`lgan taqdirda Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan pensiyani to`lash vaqtinchalik «propiska» (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo`yicha hisobga olish)ning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani to`lash pensiya to`lash to`xtatilgan paytdan, biroq o`n ikki oydan ortiq bo`lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar