AsosiySalomatlik

«OYoQ ShIShIShI QALQONSIMON BEZGA BOG`LIQMI?»

'«OYoQ ShIShIShI QALQONSIMON BEZGA BOG`LIQMI?»'ning rasmi

— Tibbiy tahlillar qalqonsimon bez gormonlarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmayotganini ko`rsatdi. Shifokorlarning aytishicha, oyoqlarimdagi shishning sababi shu ekan. Shu rostmi? Qalqonsimon bez gormonlarining oyoq qon tomirlariga qanday aloqasi bor?

V.Valieva, Samarqand viloyati

Dilfuza ORTIQOVA, shifokor-endokrinolog:

— Qalqonsimon bez faoliyatining sustligi gipotireoz, deyiladi. Bu holatda moddalar almashinuvi buziladi va to`qimalarda suyuqlik to`planadi. Bemorda shishlar kuzatilishi mumkin. Shishlar nafaqat oyoqda, balki butun tana bo`ylab tarqalib, zich ko`rinishda bo`ladi. Ya`niki, qo`l bilan paypaslanganida terida qattiqlik seziladi. Mazkur holatdagi shishlarning tomir kasalliklariga aloqasi yo`q. Ko`rib turganingizdek, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarda shishlar butun tana bo`ylab yoyiladi, sizda esa faqat oyoq qismida yuzaga kelgan. Fikrimcha, o`zgarishlarga aniqlik kiritish uchun kardiolog shifokor ko`rigi zarur. Tanangiz holatiga ham diqqat qiling, shishlar yo`qmi? Gipoteriozni istisno etish maqsadida gormonlar tahlili o`tkazilgani ma`qul. Mabodo tibbiy xulosa hech qanday patologiyani ko`rsatmasa, yurak tekshiruvi bajariladi.

    Boshqa yangiliklar