1

2018 YIL 1 YaNVARDAN DUET KARTALAR BO`YIChA TRANZAKSIYaLAR O`TKAZISh TO`XTATILADI

Iqtisodiyot 08.12.2017, 08:32
2018 YIL 1 YaNVARDAN DUET KARTALAR BO`YIChA TRANZAKSIYaLAR O`TKAZISh TO`XTATILADI

Uzcard 2018 yil 1 yanvardan DUET (oflayn kartalar) kartalar bo`yicha tranzaksiya o`tkazishni to`xtatadi.

Uchinchi chorakda DUET kartalar orqali 16,3 mlrd so`mlik 14,2 ming tranzaksiya amalga oshirildi. 2016 yilning xuddi shu davrida esa mazkur raqam anchagina ko`proqni tashkil etgan — 1,9 mln tranzaksiya va 1,06 trln so`m.

YaUPM matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, bugungi kunda jami 18,7 mln dona plastik karta chiqarilgan bo`lib, ularning 11,3 milliontasi onlayn kartalar hisoblanadi.

YaUPM ma`lumotlariga ko`ra, uchinchi chorakda O`zbekistonda 1,4 mln dona plastik karta chiqarilgan bo`lib, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6 foizga kam demakdir. O`shanda 1,7 millionta karta chiqarilgan edi.

Uchinchi chorakda ecommerce-tranzaksiyalar miqdori 220 milliontani tashkil etdi. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 182,4 foiz ko`p (77,9 millionta tranzaksiya) demakdir. Uchinchi chorakda elektron tijorat bo`yicha jami tranzaksiya summasi 13,4 trln so`mga etib, 4,08 trln so`mdan 228,4 foizga o`sdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1