1

AI-95 BENZINI SOTUVGA ChIQARILDI: YoQILG`I NARXI HAM MA`LUM BO`LDI

Iqtisodiyot 09.12.2017, 23:11
AI-95 BENZINI SOTUVGA ChIQARILDI: YoQILG`I NARXI HAM MA`LUM BO`LDI

O`zbekiston yoqilg`i quyish shahobchalarida AI-95 benzini paydo bo`ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «O`zbekneftegaz» yoqilg`i quyish shahobchalarining aksariyatida 7 dekabrdan e`tiboran AI-95 avtomobil yonilg`isi sotuvda paydo bo`lgani haqidama`lum qilgan.

AI-95 rusumidagi avtomobil yonilg`isining 1 litr bahosi 6500 so`mdan sotilmoqda. Eslatib o`tamiz, Repost avvalgi yangiliklarida mazkur rusumdagi yonilg`ini kelgusi yilning boshidan e`tiboran sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edi. Biroq, uning narxi noma`lumligicha qolgan edi. Bugungi kunda ushbu rusumdagi benzin eng yuqori sifatdagi benzin hisoblanadi. Shu bilan birga, u bilan birga sotuvda quyidagi rusumdagi benzin ham mavjud:

AI-80 – 3800 so`m;

AI-91 – 4300 so`m.

Feysbuk foydalanuvchilarining xabar berishicha, mazkur rusumdagi benzin Salar bo`yi ko`chasidagi yoqilg`i quyish shahobchasida sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1