1

GERMANIYaLIK HAMKORLAR 1000 TA ISh O`RNINI YaRATIShMOQChI!

Iqtisodiyot 18.12.2017, 14:24
GERMANIYaLIK HAMKORLAR 1000 TA ISh O`RNINI YaRATIShMOQChI!

Marg`ilon shahrida ishbilarmon va tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, shaharga investitsiya olib kirish, ishchi o`rinlarini yaratish, yangi maxsulot turlarini ishlab chiqarish maqsadida Germaniya davlatidan ishbilarmonlar tashrif buyurdilar. Ular shahardagi korxona va tashkilotlar, ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.

Yodgorlik xususiy korxonasi bugungi kunda yuz foiz tabiiy maxsulot, shu bilan bir qatorda pilla qurtidan ipak oluvchi korxona salanadi. Ko`plab xorijiy korxonalarga maxsulot etkazib beradi. Germaniyalik mehmonlar ishlab chiqaradigan maxsulotlarida tabiiy matolardan ham foydalanishni rejalashtirilmoqda. Shu sababli bu erdagi mato turi va uning yaratilish jarayonini mutaxaassislar diqqat bilan kuzatdilar.

Hans Buehr – konsul - Rosti ijtimoiy tarmoqlarda matoning to`qilish jarayonini tomosha qilganman. Biroq bu jarayonni jonli tomosha qilish, amaliy ishni o`z ko`zingiz bilan ko`rish boshqacha ekan. Tabiiy matolarga kelsak, ularning sifati va yaroqliligi har qanday xaridorni jalb etishi turgan gap. Kelajakdagi ishlarimizda mana shunday matolardan foydalanish niyatidamiz. Shu sababli ham biz Marg`ilon shahrini tanladik.

Marg`ilon shahridagi Engil sanoat kasb-hunar kollejida maxsus tikuv va trikataj yo`nalishi mavjud bo`lib, bu erda o`quvchilar malakali ustozlardan tahsil oladilar. Germaniyalik ishbilarmonlar mazkur kollejiga ham tashrif buyurib, bu erdagi o`quvchilarning salohiyati, ularning amaliy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. To`qimachilik istiqboliga umid bildirdilar.

Deyzi Meediala – maslahatchi - Faoliyatimizda ayollar liboslarini tikishni yo`lga qo`ymoqchimiz. Shu sababli biz korxonamizga yosh, salohiyatli, tajribaga ega kollej bitiruvchilarini jalb etishni rejalashtirganimiz. Bugun bu erda 3 yil davomida mutaxassisligi bo`yicha tahsil olgan, tikuvchilik ishini o`z qo`lib bilan uddalagan yoshlarni ko`rib turibmiz. Hattoki, ular o`z qo`lib bilan yaratgan liboslarni bizga ko`rsatdilar. Bizga huddi shunday yoshlar kerak.

Germaniyalik tadbirkorlar shu kuni shahardagi ishlab-chiqarish tarmoqlarining muhim xususiyatlari, kelajakda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar xususiyada suhbatlashdilar. Kutilayotgan hamkorlik natijalari iqtisodiyotimizni yuksaltirish, aholi bandligini ta`minlashda muhim qadam bo`lib xizmat qiladi.

Ahror Ziyo, Farg`ona

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1