1

1 AQSh DOLLARI 8100 SO`MDAN OShDI

Iqtisodiyot 18.12.2017, 16:10
1 AQSh DOLLARI 8100 SO`MDAN OShDI

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 19 dekabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo`yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to`lovlar uchun xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko`ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 12 dekabr kuni o`rnatilgan kursga nisbatan 8,62 so`mga qimmatlashdi va bir dollar 8101,62 so`mni tashkil etdi. Bir evro kursi 3,62 so`mga arzonlab, 9528,32 so`mga teng bo`lib turibdi. 1 Rossiya rubli kursi esa 1,07 so`mga qimmatlashib, 137,93 so`mga etgan.

Valyuta qiymatini belgilash chog`ida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1