1

SENATORLAR 2018 YILGI DAVLAT BYuDJETINI MA`QULLAShDI

Siyosat 20.12.2017, 13:48
SENATORLAR 2018 YILGI DAVLAT BYuDJETINI MA`QULLAShDI

Oliy Majlis Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi o`z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari to`g`risidagi masalani ko`rib chiqishdi.

Majlisda qayd etilishicha, joriy yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 5,5 foiz, jumladan, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish 5,7 o`sishi prognoz qilinayapti. Tovar va xizmatlar eksporti esa 14,4 foizga oshib, 13,9 trillion AQSh dollariga etishi kutilmoqda. Bunda ijobiy saldo 854 million dollardan ziyodni tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatda inflyasiya ko`rsatkichlari 14 foiz atrofida bo`lishi mo`ljalanayapti. Davlat byudjeti 0,1 foiz profisit bilan ijro etilishi ko`zda tutilayapti.

2018 yilgi Davlat byudjeti xalqaro moliya institutlari tomonidan tan olingan makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilgan. Xususan, 2018 yilda yalpi ichki mahsulot 290,6 trillion so`m miqdorida, deflyator 14,1 foizni, iste`mol narxlari indeksi 12-13 foiz atrofida bo`lishi prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti YaIMga nisbatan 0,02 foiz profisit bilan ijro etilishini tasdiqlash kutilayapti.

Senatorlar atroflicha muhokamadan so`ng 2018 yilgi bosh moliyaviy hujjatni ma`qulladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1