1

ENRIKE IGLESIAS SABAB OBID ASOMOV KONSERTINING BIR KUNI 2018 YILGA KO`ChIRILDI

Madaniyat 20.12.2017, 15:23
ENRIKE IGLESIAS SABAB OBID ASOMOV KONSERTINING BIR KUNI 2018 YILGA KO`ChIRILDI

Enrike Iglesiasning 28 dekabrda «Istiqlol» san`at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik «Sizlarni sog`indim» nomli konsertining bir kuni 2018 yilga ko`chirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi «San`at bravo» MChJ rahbari Javlon Jo`raev jurnalist Feruz Muhammadga ma`lum qildi.

28 dekabr kuni Enrike Iglesias «Istiqlol» san`at saroyida konsert berishi sababli Obid Asomovning 28 dekabrdagi konsert dasturi 2018 yil 2 yanvar kuni, soat 19:00 ga ko`chirildi. 28 dekabr kuniga bilet sotib olgan muxlislar 2 yanvar kuni bemalol konsertda mehmon bo`lishlari mumkin. Agar 2 yanvar kuni boshqa rejada yurgan bo`lishsa, kelib biletlarini 29 yoki 30 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan dasturga almashtirib yoki umuman biletning pulini olib ketishlari ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1