1

OLIY MAJLIS SENATINING O`N UChINChI YaLPI MAJLISI O`Z IShINI DAVOM ETTIRMOQDA

Siyosat 21.12.2017, 10:54
OLIY MAJLIS SENATINING O`N UChINChI YaLPI MAJLISI O`Z IShINI DAVOM ETTIRMOQDA

2017 yil 21 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi o`z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan bo`lib, uning 15 tasi qonun, qolgani boshqa masalalardir.

Yalpi majlisning birinchi kunida 17 masala ko`rib chiqildi. Bular - O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari to`g`risidagi hamda kun tartibiga kiritilgan 15 qonun ko`rib chiqildi. Ko`rib chiqilgan qonunlar senatorlar tomonidan ma`qullandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senat raisi N.Yo`ldoshev boshqarayotgan yalpi majlisning ikkinchi kunida qolgan masalalar ko`rib chiqilmoqda.

Ayni vaqtda 2018 yilda fermer xo`jaliklarini bosqichma-bosqich ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklariga aylantirish bo`yicha dastur to`g`risidagi masala muhokama qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1