AsosiyHi-tech

FACEBOOK ShAXSIY FOTOSURATLARNI HIMOYaLAShNING YaNGI TIZIMINI IShGA TUShIRMOQDA

'FACEBOOK ShAXSIY FOTOSURATLARNI HIMOYaLAShNING YaNGI TIZIMINI IShGA TUShIRMOQDA'ning rasmi

Endilikda Facebook foydalanuvchilari o`z surati aks etgan fotosuratlarni boshqa foydalanuvchi tarmoqqa joylashtiradigan bo`lsa, bu haqda ogohlantirish oladi. Bu haqda "Tekkranch" portali xabar tarqatdi.

Photo Review xizmati yordamida tarmoq foydalanuvchisi aks etgan, lekin maxsus belgi bilan belgilanmagan fotosuratni topish mumkin bo`ladi. Bunday rasm aniqlangandan so`ng unda tasvirlangan shaxs o`zining suratini belgilab, fotosuratni olib tashlashni so`rashi yoki shunday talab bilan Facebook texnik qo`llab-quvvatlash markaziga murojaat qilishi mumkin.

Ayni paytda foydalanuvchilar istasa yangi texnologiyani o`chirib qo`yishi hamda ijtimoiy tarmoq o`xshashliklarni qidirishda foydalanadigan yuz shablonini olib tashlashi mumkin.

Xabar qilinishicha, Photo Review yaqin haftalarda Facebook ijtimoiy tarmog`i ishlaydigan barcha mamlakatlarda ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar