1

VILOYaTLAR ChEGARASIDAGI BARChA YO`L-PATRUL POSTLARI TUGATILADI

Siyosat 22.12.2017, 12:58
VILOYaTLAR ChEGARASIDAGI BARChA YO`L-PATRUL POSTLARI TUGATILADI

Hozirgi vaqtda viloyatlar o`rtasida yo`l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

O`zingiz o`ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo`lsa, yo`lda 17 ta postdan o`tadi. Farg`ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi, deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida.

Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo`l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati stasionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1