QIZLARNI YoMON KO`RSA NIMA BO`LADI?

Savol-javob 26.12.2017, 11:25
QIZLARNI YoMON KO`RSA NIMA BO`LADI?

– Men singlimni ko`p koyiman. Buvim «Qiz bolani yomon ko`rmagin. Amaking ham qiz bolani – singlisini yomon ko`rgani uchun Xudo unga uchtalab qiz berdi» dedilar. Bunday gaplarga ishonish mumkinmi?

– Kimga qancha farzand, kimga o`g`il, kimga qiz berishi Allohning irodasiga bog`liq, bandanikiga emas. Ba`zi gunohlar sabab faqat qiz farzand ko`rish haqida biron narsa aytilmagan. Ammo Islom dinida qizlarga ko`proq e`tiborli bo`lishga targ`ib qilinadi. Sababi johiliyat davrida qizlarga juda yomon munosabatda bo`lishgan, hatto qizlar tiriklayin ko`milgan. Islom dinida bu e`tiqod va amallarga qarshi chiqib, musulmonlarni qizlarga yaxshi munosabatda bo`lishga, qiz farzandli bo`lganda xafa bo`lmaslikka, aksincha xursand bo`lishga chaqirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1