1

«NEZAVISIMAYa GAZETA»: O`ZBEKISTON JADAL TAShQI SIYoSAT YuRITMOQDA

Siyosat 31.12.2017, 16:06
«NEZAVISIMAYa GAZETA»: O`ZBEKISTON JADAL TAShQI SIYoSAT YuRITMOQDA

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashri O`zbekistonga Shavkat Mirziyoev rahbarlik qila boshlaganiga bir yil to`lganini qayd qildi, deb xabar beradi O`zbekiston Prezidentining matbuot xizmati. Nashrning qayd etishicha, «shubhasiz, bir yil — muayayn xulosalar chiqarish uchun qisqa muddat, ammo bu namoyon bo`lishga ulgurgan tendensiyalarni sezish, ularning ijobiy va salbiy ta`sirini baholash uchun etarli muddatdir».

Toshkentning tashqi siyosatida sodir bo`layotgan o`zgarishlar ayniqsa, yaqqol sezilmoqda. Bu o`rinda O`zbekistonning mintaqadagi qo`shnilar bilan munosabatlarni yo`lga qo`yishga intilayotganini alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, Shavkat Mirziyoevning tashqi siyosiy faolligi qo`shni Turkmaniston va Qozog`istondan boshlangan.

Ayni paytda rasmiy Toshkent o`tgan yil davomida Moskva va Pekin bilan iqtisodiy muloqotni faollashtirdi. Shavkat Mirziyoevning aprel oyida Rossiyaga safari natijasida qariyb 16 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi. O`zbekiston rahbarining shu yil may oyida «Bir makon – bir yo`l» sammiti doirasida Pekinga ilk safari davomida O`zbekiston va Xitoy davlatlari o`rtasida qiymati 20 milliard dollardan katta bo`lgan bitimlar imzolandi.

O`zbekiston tashqi siyosatidagi diqqatga sazovor o`zgarishlardan yana biri Toshkentning G`arb davlatlari bilan munosabatlariga taalluqlidir. Bu borada hozirgi paytda oshkora iliqlik kuzatilmoqda. Jumladan, noyabr oyida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ko`p yillik tanaffusdan so`ng O`zbekistonda qayta faoliyat ko`rsata boshladi.

Janubiy Koreyaga safar davomida O`zbekiston Prezidenti mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish bo`yicha ishlar qayta boshlanganini e`lon qildi. Seul, o`z navbatida, Toshkentga bu borada maslahat yordamini ko`rsatishga va`da berdi.

O`zbekistonning G`arb bilan aloqalari jonlanishiga Myunxenda noyabrda bo`lib o`tgan O`zbekiston-Germaniya biznes-forumi, shuningdek, O`zbekiston parlamenti delegasiyasining Vashingtonga tashrifi turtki berdi. Ushbu qadamlar kelajakda Toshkent ham tashqi siyosat, ham ichki siyosat sohalarida xalqaro siyosiy va iqtisodiy amaliyotlarga ko`proq mos bo`lishga intilishidan dalolat berayotgan bo`lsa, ajab emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1