1

«OTKRITAYa AZIYa» NAShRI O`ZBEKISTON PREZIDENTINING PARLAMENTGA YO`LLAGAN MUROJAATNOMASIDAGI 10 TA ASOSIY TEZISNI SANAB O`TDI

Siyosat 31.12.2017, 17:15
«OTKRITAYa AZIYa» NAShRI O`ZBEKISTON PREZIDENTINING PARLAMENTGA YO`LLAGAN MUROJAATNOMASIDAGI 10 TA ASOSIY TEZISNI SANAB O`TDI

Tojikistonning «Otkrtaya Aziya» internet nashri O`zbekiston Prezidentining parlamentga yo`llagan Murojaatnomasidagi 10 ta asosiy tezisni keltirmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston Prezidentining matbuot xizmati.

Xususan, nashrda ta`kidlanishicha, Shavkat Miriyoev mamlakat iqtisodiyotidagi noreal ko`rsatkichlardan voz kechishni taklif qildi. Iqtisodiy sohada soxta raqamlar ortidan quvish, xayoliy rejalarni haqiqiy deb ko`rsatishga urinishlar tanqid ostiga olindi.

Yilning nomi ko`chalarni chiroyli yozuvlar bilan bezashga xizmat qilmasdan, real natija berishi kerakligini ta`kidlagan holda, davlat rahbari 2018 yilni O`zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili», deb atashni taklif qildi. «Yangi fikrlar, g`oyalar, innovasiyalarsiz biz kelgusida hech narsaga erisha olmaymiz, buni har bir hokim tushunishi kerak», - dedi O`zbekiston Prezidenti.

Ta`kidlandiki, mamlakatda yuqori malakali jurnalist kadrlarga ehtiyoj katta, ammo hozircha ushbu masalalarni markazlashtirilgan tarzda hal qila oladigan tegishli tayanch oliy o`quv yurti mavjud emas. Shu sababli davlat rahbari Jurnalistika va ommaviy kommunikasiya vositalari universitetini tashkil qilish zarur, deb hisoblaydi.

Nashr mamlakat rahbarining O`zbekiston yoshlari xalqaro assosiasiyasini tashkil qilish bo`yicha tashabbusiga alohida e`tibor qaratgan.

«Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o`ylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta`lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o`z yo`lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo`lmay yashayotganlari ham ko`p. Lekin Vatan sog`inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o`rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo`lganlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur. Shu maqsadda O`zbekiston yoshlari xalqaro assosiasiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuningdek, nashr Prezidentning «Mening fikrim» internet-portalini yaratish to`g`risidagi qaroriga to`xtalib o`tadi. Davlat rahbari aytganidek, qonun ijodkorligi sohasida parlament yoki xalq deputatlari kengashlari fuqarolar guruhlari tomonidan ilgari suriladigan tashabbuslarni ko`rib chiqishi zarur. Shu munosabat bilan internet tarmog`ida «Mening fikrim» deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etiladi, unga mamlakat fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo`yicha o`z fikr va tashabbuslarini elektron shaklda yo`llaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1